Isroil HAMAS harbiy razvedkasi boshlig‘ini o‘ldirdi
Olam
−
22 mart
2233Isroil kuchlari G‘azo sektori janubida HAMAS harakatining harbiy razvedka boshlig‘i Usama Tabashni o‘ldirdi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati хабар berdi.
“Isroil armiyasi G‘azo janubidagi HAMAS harbiy razvedkasi boshlig‘i hamda HAMASning kuzatuv va o‘t ochish bo‘limi rahbari bo‘lgan Usama Tabashni yo‘q qildi”, deyiladi bayonotda.
Tabash yuqori martabali HAMAS vakili hisoblanib, tashkilot uchun muhim operativ bilim manbai bo‘lgan. U HAMASda turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Xon Yunus brigadasida batalon qo‘mondoni sifatida ham ishlagani aytiladi.
Isroil armiyasining bildirishicha, Tabashning yo‘q qilinishi HAMASning razvedka ma’lumotlarini yig‘ish va qo‘shinlarga zarar yetkazish qobiliyatini pasaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil G‘azo sektori markazi va janubida quruqlikdagi harbiy operatsiyalarni boshlagandi. Armiyaning asosiy vazifalari etib “xavfsizlik hududini kengaytirish” va “eksklavning shimoli va janubida qisman bufer zonasini yaratish” belgilangan.
LiveBarchasi