Ispaniyadagi tungi klubda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
02 Oktabr 2023
5091Ispaniya janubi-sharqidagi Mursiya shahridagi tungi klubda yuz bergan yong‘in oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Atalayas tumanida joylashgan mashhur Teatre tungi klubida yong‘in mahalliy vaqt bilan ertalab soat 6:00 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Mahalliy matbuot halok bo‘lganlar orasida bir oilaning bir necha a’zosi borligi, o‘sha paytda ular tug‘ilgan kun tadbirini o‘tkazayotganini ma’lum qilgan.
Politsiya kamida 14 kishi bedarak yo‘qolganini bildirgan, shuning uchun o‘limlar soni ortishi ehtimoli yuqori.
Murciya meri Xose Balesta jurnalistlarga yong‘in klubning ikkinchi qavatida chiqqanini aytgan. Shuningdek, u shaharda uch kunlik motam e’lon qilgan.
To‘rt nafar jabrlanuvchi is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Bu mamlakatdagi tungi klublarda so‘nggi 30 yildan ortiq vaqt davomida sodir bo‘lgan eng dahshatli yong‘indir. 1990 yilda Saragosadagi tungi klubning yonishi oqibatida 43 kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi