Ispaniyadagi fojiali yong‘in oqibatida La Liga o‘yini boshqa kunga qoldiriladi
Sport
−
23 fevral
5070“Valensiya” La Ligaga ertaga bo‘lib o‘tadigan “Granada”ga qarshi safar o‘yinini boshqa muddatga ko‘chirishni so‘rab rasmiy so‘rov yubordi.
Gap shundaki, tunda Valensiyada fojia yuz berdi. Ko‘p qavatli uydagi yong‘in natijasida 4 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Shaharda motam e’lon qilingan.
La Liga yaqin soatlarda “Valensiya”ning iltimosini ko‘rib chiqadi. Taxminlarga ko‘ra, o‘yin boshqa muddatga qoldiriladi.
Ko‘plab klublar, jumladan, “Real Madrid” ham jabrlanganlarning barchasiga hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, 36 ochko bilan “Valensiya” La Ligada 8-o‘rinda, “Granada” esa 19-o‘rinda bormoqda. 26-tur doirasidagi “Granada” – “Valensiya” uchrashuvi ertaga, 24 fevral kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
LiveBarchasi