Ispaniyada vulqon otildi (video)

Olam

image

Kanar orollari tarkibiga kiruvchi Ispaniyaning Palma orolida vulqon otilishi boshlandi. Bu haqda mahalliy OAV yozmoqda

Ma’lum qilinishicha, bir hafta mobaynida vulqon otilgan hududda seysmik faollikning oshishi qayd etilgan.

“Reuters” agentligi xabariga ko‘ra, harbiy xizmatchilardan tuzilgan guruhlar 40 ga yaqin odamni xavfsiz joyga ko‘chirgan. Hozircha orolda qurbonlar va vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Yaponiyaning Suvanose orolida vulqon otilishi sodir bo‘ldi. Buning ortidan ushbu hududda 5 balli shkaladagi xavfning uchinchi darajasi e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya vulqon

Baholaganlar

138

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing