Ispaniyada suv toshqini qurbonlari ortmoqda
Olam
−
30 Oktabr
2720Ispaniyada kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yo‘llar va shaharlarni suv bosdi. Bu haqda “ABC” xabar berdi.
“Dana” to‘foni Ispaniyaning janubi-sharqida toshqinlarni keltirib chiqardi. Valensiyada 51 kishi halok bo‘lgan.
“O‘lganlarni qidirish davom etmoqda, mutaxassislar jasadlarni aniqlashga kirishdi”, deyiladi yagona operatsion muvofiqlashtirish markazi bayonotida.
Xabarga ko‘ra, Valensiyada ba’zi yo‘llar suv bosgani tufayli yopib qo‘yilgan. Elektr va aloqa uzilishlari mavjud. Tabiiy ofat oqibatida ichida 300 kishi bo‘lgan tezyurar poyezd relsdan chiqib ketgan. Poyezd ichidagi yo‘lovchilar orasida jarohat olgan va vafot etganlar yo‘q.
Zarar ko‘rgan hududlarga mingdan ortiq harbiylar yuborilgan. Mahalliy hokimiyat odamlarga qutqaruvchilarning ishini murakkablashtirmaslik uchun uyda qolishni tavsiya qildi.
Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, zarar 10 milliard yevrodan oshgan, suv toshqinlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 oktyabr kuni Ispaniya janubi-sharqida kuchli jala oqibatida yo‘llar va shaharlar suv ostida qoldi. Suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan hududlarda bir necha kishi halok bo‘lgandi. Ispaniya Davlat meteorologiya agentligi Valensiyaning sharqiy qismida qizil xavf darajasini e’lon qilgan. Radio va telekanallarga suv bosgan hududlarda qolib ketgan yoki yaqinlarini izlayotgan fuqarolardan yordam so‘rab yuzlab qo‘ng‘iroqlar kelgan, chunki favqulodda xizmatlar barcha aholi punktlariga yetib bora olmagan.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi