Ispaniyada sovuq ob-havo 13 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi
Olam
−
24 yanvar 2020 4789 1 daqiqa
Ispaniyada kuzatilayotgan sovuq ob-havo oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kuchli shamol va to‘lqinlar, qor bo‘ronlarini keltirib chiqargan bunday ob-havo mamlakatda 19 yanvardan boshlangan.
Aniqlik kiritilishicha, iqlim o‘zgarishi oqibatida bir necha kishi bedarak yo‘qolgan. Valensiyada 5 kishi, Kataloniyada 4 kishi, shuningdek, Andalusiya, Kastiliya, Asturiya va Leonda bir nafardan odam halok bo‘lgan.
Mahalliy hokimiyat odamlarni barcha xavfsizlik choralarini qo‘llashga chaqirgan.
Sarvar Anvar o‘g‘li
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr