Ispaniyada qariyb 240 kishi jaziramadan vafot etdi
Olam
−
16 iyul 2022 9837 1 daqiqa
Ispaniyada kuzatilayotgan haddan tashqari issiq besh kun ichida deyarli 240 kishining o‘limiga olib keldi. Bu haqda shanba kuni EFE agentligi xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘ysunuvchi Karlos III salomatlik instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, 10 iyuldan 14 iyulgacha qirollikda havo haroratining haddan tashqari yuqoriligi tufayli 237 kishi vafot etgan.
Ispaniya davlat meteorologiya agentligi aksariyat hududlarda ob-havoning xavflilik darajasini sariq (xavf) va to‘q sariq (yuqori xavf) ga oshirdi. Ba’zi viloyatlarda xatar signali eng yuqori – qizil (o‘ta xavfli) darajaga ko‘tarildi. Havoning harorati deyarli 45 darajaga yetdi.