Ispaniya yozgacha Falastin davlatini tan oladi

Olam

image

 Ispaniya yozgacha Falastin davlatini tan olmoqchi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanches Iordaniyaga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Sanches aprel-iyun oylarida xalqaro hamjamiyatda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojarolar bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yiladi, deb hisoblaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalambor Falastinni BMTning to‘laqonli a’zosi sifatida tan olish kerak. Sanches, Irlandiya, Malta va Sloveniya Bosh vazirlari bilan Falastin davlatini tan olish uchun qabul qilingan mushtarak qaror, zarur shartlar bajarilgan taqdirda ertaroq amalga oshishini aytgan.

Unga ko‘ra, Ispaniya birinchi navbatda Vazirlar Kengashida Falastin davlatini tan olish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va keyin uni parlamentga taqdim etadi.

Ispaniya hukumati rahbari Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida xavfsizlikni kafolatlashning yagona yo‘li Falastin davlatini tan olish, deb biladi.

Ma’lumot uchun, 2012 yilda BMT Bosh Assambleyasi Falastinni davlat sifatida tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Falastin davlatining tan olinishi mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish imkoniyatlarini puchga chiqarishini e’lon qilgandi.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ispaniya Falastin HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing