Ispaniya Yevro-2024'ning ilk finalchisiga aylandi

Olam

image

Ispaniya terma jamoasi 2024 yilgi Yevropa chempionatining birinchi yarim final uchrashuvida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etdi.

Raqiblar Myunxen Arenada to‘qnash keldi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi, barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. Dastlab fransuzlar oldinga chiqib oldi, Randal Kolo Muani gol urdi (9 daqiqa).

Keyin ispanlar Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan Lamin Yamalning (21) sa’y-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirdi. Dani Olmo esa (25) g‘alaba to‘pini kiritdi.

Ispanlar 2012 yildan beri ilk bor Yevro finaliga chiqdi. Ular hal qiluvchi bahsda Niderlandiya yoki Angliya bilan o‘ynaydi.

Agar finalda g‘alaba qozonsa, Ispaniya yakka o‘zi Yevropa chempionatlari tarixidagi eng titulli jamoaga aylanadi. Hozircha u xuddi Germaniya kabi uchta sovringa ega.

Reglamentda uchinchi o‘rin uchun o‘yin ko‘zda tutilmagani uchun Fransiya terma jamoasi Yevro-2024 bronza medali sovrindoriga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made