Ispaniya ukrainalik askarlarni o‘qitish uchun qabul qilishni boshladi

Olam

image

Ispaniya hukumati joriy yilning 12 yanvar kuni kechqurun 220 dan ortiq ukrainalik askarni mashg‘ulotlar uchun qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda “News Unrolled” xabar berdi.

“Mudofaa vaziri Margarita Robles 225 nafar ukrainalik askar va jangchilarni Torrexon aviabazasida qabul qiladi, ular keyingi bir necha hafta davomida Ispaniyada tayyorgarlikdan o‘taydi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, mamlakatga kelgan Ukraina harbiy xizmatchilarining umumiy sonidan 200 ga yaqini, asosan, harbiy xizmat tajribasiga ega bo‘lmagan mobilizatsiya qilingan fuqarolar Toledodagi piyodalar akademiyasi bazasida asosiy jangovar tayyorgarlik modulida qatnashadi.

Qolgan 20 nafar ukrainalik Ispaniya Ukrainaga oltita uchirish moslamasini topshirgan Hawk zenit tizimi bilan tanishish uchun El-Kopero harbiy bazasida (Sevilya viloyati) zenit-artilleriya polkida asosiy kursdan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil sentyabr oyida Ispaniya o‘z hududida ukrainalik harbiylarni o‘qitishni boshlashga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar qilingandi. Dekabr oyi oxirida Ispaniya Mudofaa vazirligi yiliga 2,4 mingga yaqin ukrainalik harbiyni tayyorlashni rejalashtirayotganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya harbiy mashg'ulotlar askarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing