Ispaniya tarixidagi eng yaxshi futbolchi kimligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Barselona”ning amaldagi ustozi Xavi Ispaniya futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda “FourFourTwo” xabar berdi.

Ro‘yxatdan joy olgan uch futbolchi Andres Inesta, Serxio Ramos va Serxio Buskets hamon futbolchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Ispaniya futboli tarixidagi eng kuchli futbolchilar o‘nligida “Real Madrid” klubining to‘rt nafar sobiq a’zosini, “Barselona”ning esa sobiq olti futbolchisini ko‘rish mumkin.

Ispaniyalik eng kuchli futbolchilar reytingida yana bir “Barselona” a’zosi Andres Inesta 2-pog‘onani egallagan bo‘lsa, “Real” afsonasi Iker Kasilyas 3-o‘rinda qayd etilgan.

Reyting:

1.Xavi (“Barselona”, “Al-Sadd”);
2.Andres Inesta (“Barselona”, “Vissel Kobe”, “Emireyts”);
3.Iker Kasilyas (“Real”, “Portu”);
4.David Vilya (“Sporting Xixon”, “Saragosa”, “Valensiya”, “Barselona”, “Atletiko”, “Nyu-York Siti”, “Melburn Siti», “Vissel Kobe”);
5.Serxio Ramos (“Sevilya”, “Real”, PSJ);
6.Serxio Buskets (“Barselona”, “Inter Mayami”);
7.Raul (“Real”, “Shalke”, “Al-Sadd”, “Nyu-York Kosmos”);
8.Karles Puyol (“Barselona”);
9.Jerar Pike (“Manchester Yunayted», “Saragosa”, “Barselona”);
10.Xabi Alonso ( “Real Sosedad”, “Eybar”, “Liverpul”, “Real”, “Bavariya”).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq XXI asrdagi eng yaxshi futbolchilar reytingi ham e’lon qilingandi. Reytingning kuchli uchligidan Lionel Messi, Ronaldu va Inesta joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Andres In'esta Xavi Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made