Ispaniya qiroli otasining merosidan voz kechmoqda
Olam
−
16 mart 2020
6072Ispaniya qirollik sudi korrupsiya mojarosi sababli qirol Filipp VI otasi Xuan Karlos I'ning merosidan voz kechishga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqda AiF xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Ispaniya monarxi Xuan Karlosning merosidan, shuningdek noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan har qanday aktivlar, investitsiyalar hamda moliyaviy tuzilmalardan voz kechishga qaror qilgan.
Shuningdek, qayd etilishicha, sobiq davlat rahbari bundan buyon qirollik sudi byudjetidan mablag‘ olmaydi.
Avvalroq, Panama jamg‘armasi nomidan ochilgan Shveysariyadagi Xuan Karlos I'ning shubhali hisob raqamiga Saudiya Arabistonidan 100 million yevro o‘tkazilgani sababli tergov boshlangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Xuan Karlos I 39 yil hokimiyatni boshqargan. Ammo 2014 yilda u Ispaniya tojidan voz kechishi va hokimiyatni o‘g‘li Filippga topshirishini e’lon qilgan.