Ispaniya iqtisodi jiddiy zarba olishi bashorat qilindi

Olam

image

Ispaniya Yevropada COVID-19 pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar qatorida bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ispaniya Markaziy banki xabar bermoqda.

Eng yomon ssenariy bo‘yicha, 2020 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 15 foizga pasayishi mumkin. Bu yevro hududidagi eng yomon pasayishlardan biri bo‘ladi. Ushbu chorakda u 21,8 foizga pasayishi ehtimoli bor.

Mutaxassislar qirollik iqtisodiyotining tashqi ta’sirlardan himoyalanmaganligi va kuchli zarba xavfini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan bir qator sabablarni keltirib o‘tishdi.

Birinchidan, yalpi ichki mahsulotda turizm sohasi salmoqli ulushga ega. Ispaniya boshqa mamlakatlarga nisbatan eng qattiq karantin rejimini joriy etishga majbur bo‘ldi, bu esa sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ikkinchidan, kichik biznes asosiy rol o‘ynaydi. Ko‘pgina hollarda, ish beruvchilar vaqtinchalik mehnatdan foydalandi. Bu inqiroz davrida ommaviy ishdan bo‘shatishga olib keldi. Ispaniya Markaziy bankining ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiyadan oldin 14 foizni tashkil etgan ishsizlik darajasi bu yil 18,1 foizdan 23,6 foizgacha o‘zgaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing