Ispaniya G‘azodagi genotsid uchun Isroilga sanksiya kiritdi

Olam

image

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches G‘azodagi genotsidga javoban Isroilga qarshi to‘qqizta sanksiya kiritilishini e’lon qildi. U Madriddagi Monkloa shahrida so‘zga chiqib, uIsroilning G‘azodagi harakatlari mudofaa emas, balki himoyasiz xalqni yo‘q qilish ekanini ta’kidladi.

“Ispaniya Isroilning hujumlarini o‘zi to‘xtata olmaydi. Bizda atom bombalari, samolyot tashuvchilar yoki katta neft zaxiralari yo‘q, ammo bu Isroilni to‘xtatishga urinishlarimizni to‘xtatamiz degani emas”, dedi Sanches.

BMT ma’lumotlariga to‘xtalib, Sanches so‘nggi ikki yil ichida Isroil G‘azo va G‘arbiy Sohilda 63 mingdan ortiq odamni o‘ldirganini, 15 mingdan ortiq odam yaralanganini, 250 mingga yaqin odam ocharchilikka duchor bo‘lganini, yarmi voyaga yetmaganlar bo‘lgan 2 millionga yaqin kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lganini eslatdi. U Isroil genotsid sodir etayotganini bir necha bor ta’kidlagan.

Sanchesning qayd etishicha, Ispaniya oxirgi ikki yil ichida ham insonparvarlik yordami, ham siyosiy va huquqiy choralar orqali barqaror otashkesimga erishish uchun qadamlar tashlagan.

“Ispaniya G‘azodagi genotsidni to‘xtatish va Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun zudlik bilan kuchga kiradigan to‘qqizta qo‘shimcha chora ko‘rdi”, deb ta’kidladi Bosh vazir.

Uning tushuntirishicha, asosiy chora-tadbirlardan biri – qurol embargosining joriy etilishi bo‘ladi.

“Isroilga 2023 yil oktyabr oyidan beri amalda bo‘lgan qurol embargosini qonuniylashtiradigan qirollik farmoni zudlik bilan tasdiqlanadi. Bu farmon Isroil bilan qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va harbiy texnika bilan bog‘liq har qanday bitimlarni qonuniy va doimiy asosda taqiqlaydi”, dedi Bosh vazir.

Shuningdek, Sanches Isroil qurolli kuchlari uchun yoqilg‘i olib ketayotgan kemalar, shuningdek, Isroil uchun mudofaa jihozlarini olib ketayotgan barcha samolyotlarning Ispaniya portlari va havo hududi orqali o‘tishi taqiqlanishini aytdi. 

“G‘azodagi genotsid, inson huquqlari buzilishi va urush jinoyatlariga bevosita aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning Ispaniyaga kirishi taqiqlanadi”, deya qo‘shimcha qildi u.

Bu choralar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning hukumatining barcha a’zolariga ta’sir qilishi kutilmoqda. Ispaniya tomonidan e’lon qilingan boshqa chora-tadbirlar orasida Isroil tomonidan bosib olingan Falastin hududlaridan import qilishni taqiqlash, bu hududlarda yashovchi ispan fuqarolari uchun konsullik xizmatlarini cheklash, Falastin davlati bilan hamkorlikni kuchaytirish, Rafah o‘tish joyidagi Yevropa Ittifoqi missiyasi xodimlari sonining ko‘payishi va Ispaniyaning bir nechta loyihalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qo‘shgan hissasini oshirish kiradi.

Sanchesning so‘zlariga ko‘ra, Isroilga qarshi barcha sanksiyalar Vazirlar Kengashining ertangi yig‘ilishida tasdiqlanadi va darhol kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing