Ispaniya futbol federatsiyasi “Barselona”ga qarshi ish qo‘zg‘atdi

Sport

image

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) “Atletiko Madrid”ning shikoyatidan so‘ng “Barselona”ga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda “SadenaSER” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Atletiko Madrid” klubi “Barselona”ni hujumchi Xulian Alvares bilan amaldagi shartnomasi mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ruxsatsiz aloqa o‘rnatganlikda ayblamoqda.

Madrid klubi fikricha, “Barselona” FIFA’ning futbolchilarni shartnomaning dastlabki yillarida boshqa klublarning noqonuniy aralashuvidan himoya qiluvchi qoidalarini buzgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan RFEF rasman “Barselona” nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atgan va ishni ko‘rib chiqish uchun maxsus tergovchi tayinlagan.

Kataloniya klubi esa ish yuritilishi boshlangani haqida rasmiy xabardor qilingan. Endi klub o‘z tushuntirishlarini taqdim etish va o‘z pozitsiyasini himoya qilish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Xulian Alvares bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgani hamda “Atletiko Madrid”ga 100 million yevrolik rasmiy taklif yuborgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik Madrid klubi kataloniyaliklarning ushbu taklifini rad etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing