Ispaniya-Fransiya o‘yiniga hakam tayinlandi
Sport
−
08 iyul 2024 4363 1 daqiqa
Yevropa chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni sloveniyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Bahsga Slavko Vinchich boshchiligidagi hakamlar tayinlandi. Unga hamyurtlari Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachi yordam beradi, videoassistent referi sifatida esa Neys Kaytazovich faoliyat olib boradi.
Videoassistentga italiyaliklar Paolo Valeri va Massimiliano Irrati yordam beradi. To‘rtinchi hakam esa sloveniyalik Ivan Krujlyak bo‘ldi.
Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 10 iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi yarim finalda esa Niderlandiya va Angliya bahs olib boradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025