Ispaniya Bosh vaziri parlamentni tarqatib yuborishga qaror qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches bugun, 29 may kuni parlamentni tarqatib yuborish va saylovlarni 23 iyulga tayinlashga qaror qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Elpais” nashri xabar berdi

“Men davlat rahbari (Qirol Filipp VI)ga bugun Vazirlar Kengashi yig‘ilishini tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilganim haqida xabar qildim”, deydi Bosh vazir.

Pedro Sanchesning aytishicha, saylov shu yilning 23 iyulida, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. U o‘z qarorini 28 may kuni bo‘lib o‘tgan mintaqaviy va munitsipal saylovlar natijalari bilan izohlagan. Unga ko‘ra, Sanches boshchiligidagi Ispaniya sotsialistik ishchilar partiyasining raqibi konservativ Xalq partiyasi avtonom jamoalarning aksariyatida g‘alaba qozongan.

“Ispanlar mamlakatning siyosiy yo‘nalishini aniqlash uchun kechiktirmasdan o‘z fikrlarini bildirgani yaxshi”, deydi u.

Ma’lumot uchun, Ispaniya Qirolligida umumiy saylovlar 2023 yil oxiriga belgilangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ispaniya Qirol Filipp VI Pedro Sanches

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing