Ispaniya Belgiyani mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi
Sport
−
02:04 7999 1 daqiqa
Bugun, 11 iyul kuni Ispaniya milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati chorak finalida Belgiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Uchrashuv AQSHning Kaliforniya shtati, Inglvud shahrida bo‘lib o‘tdi. Ispaniya safida dastlab 30-daqiqada Fabian Ruis hisobni ochishga erishdi. 41-daqiqaga kelib, Sharl De Ketelarening goli oradagi muvozanatni tikladi va Ispaniya ushbu Jahon chempionatida ilk bor o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Darvozabon Unai Simonning mundiallar tarixidagi rekord darajadagi 649 daqiqalik gol o‘tkazmaslik seriyasi ham yakunlandi. O‘yin taqdirini 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Mikel Merino goli hal qildi.
Shu tariqa, Ispaniya o‘z tarixida uchinchi bor Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi. Jamoa 2010 yilgi mundialda chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 1950 yilgi musobaqada to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
Belgiyaning Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasi esa 2018 yilgi musobaqada qo‘lga kiritilgan bronza medallari bo‘lib qolmoqda.
Ispaniya yarim finalda Fransiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv joriy yilning 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi