Ispan klublari YeCHLda sharmandali natija qayd etdi

Sport

image

Yevropa Chempionlar ligasining ortda qolgan besh turidan so‘ng faqat Madridning "Real" klubi keyingi bosqich yo‘llanmasini naqd qila oldi. “Barselona” va “Sevilya” Yevropa ligasida o‘ynaydigan bo‘ldi. "Atletiko" esa Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyatini saqlab turibdi. So‘nggi turda “matraschilar”ning Yevropa ligasida o‘ynash yoki o‘ynamasligi ma’lum bo‘ladi.

YeCHL tarixida birinchi marta atigi bitta Ispaniya klubi pley-offda ishtirok etadigan bo‘ldi. Bunday holat avval musobaqada kuzatilmagan.  Ispaniyaga qo‘shni bo‘lgan Portugaliya klublari esa YeCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. “Benfika” va "Portu" pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Sporting" o‘z guruhida musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma beradigan o‘rinni saqlab turibdi.

Ma’lumot uchun, "Real Madrid" Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqqan yagona ispan jamoasi bo‘lgani uchun UEFA'dan 4,7 million yevro oladi. 

"Qirollik klubi" guruh bosqichining so‘nggi turida Donetskning "Shaxtyor" klubi bilan to‘qnash keladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

EChL Ispan klublari

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing