Islom sivilizatsiyasi markazining tomiga o‘t ketdi 

3-sahifa

Toshkentda yana “qirg‘in”. Daraxtlar qani? north_east

Toshkentda yana “qirg‘in”. Daraxtlar qani?

Qurilish davomida daraxtlar kesilgani norozilikka sabab bo‘lgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘ldi. QALAMPIR.UZ holatni borib o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Olmazor tumani Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish ishlari olib borilishida texnologik jarayonning buzilishi oqibatida yong‘in kelib chiqqan. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov voqea joyiga borgan.

Alanga soat 11:32 da o‘rab olinib, soat 11:34 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida 19 kvadrat metr binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib, zararlangan. Yong‘in tufayli fuqarolar jabr ko‘rmagan va binoning ichki qismi shikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Islom tsivilizatsiyasi markazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing