Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

Jamiyat

−

image

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:

•    xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
•    homiylik xayriyalari;
•    Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lari;
•    taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Mablag‘lar quyidagilar uchun sarflanadi:

•    ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;
•    ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
•    ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish;
•    kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar o‘tkazish;
•    multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish.


Maqola muallifi

Baholaganlar

39

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing