Islom sivilizatsiyasi markazi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
23 dekabr 2024 6039 1 daqiqa
Ergash Inoyatovich Daminov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ergash Daminov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘linmasi Din ishlari sho‘basi bosh konsultanti lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muzaffar Komilov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi