Islom taraqqiyot bankiga yangi prezident tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 iyul kuni Islom taraqqiyot banki (ITB), Boshqaruvchilar Kengashi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ITB Guruhining Bosh kotibiyati tasdig‘iga muvofiq, Boshqaruvchilar Kengashi Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan taklif etilgan nomzod – doktor Muhammad Sulaymon al-Jassirni ITBning yangi prezidenti lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risida sirtdan qaror qabul qilganligini e’lon qildi.

Boshqaruvchilar Kengashi, shuningdek, Ikki muqaddas masjid xodimi, Podshoh Salmon ibn Abdulaziz al-Saud va Saudiya Arabistoni Podshohligi hukumatiga ITBni tashkil etilganidan buyon qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun o‘zining chuqur minnatdorligini bildirishi xususida qaror qabul qildi.

Qarorda doktor Bandar ibn Muhammad Al-Hajar tomonidan saylanganidan buyon ITB tuzilmalari va ITB Guruhi oldida amalga oshirilgan mukammal faoliyati hamda o‘tgan davr mobaynida jahon moliya bozorlaridagi moliyaviy tashkilotlar orasida o‘z mavqeini ko‘tarishga imkon bergan ulkan muvaffaqiyatlari Bank Boshqaruvchilari Kengashi tomonidan e’tirof etilgani va yuqori baholangani aks ettirilgan.

2021 yil, 6 iyul, seshanba kuni Sardor Umurzoqov raisligi va Qo‘mita a’zolari bo‘lgan Boshqaruvchilar ishtirokidagi Bank Boshqaruvchilari Kengashining Tartib-taomillar bo‘yicha qo‘mitasi ITB raisi lavozimida doktor Bandar ibn Muhammad al-Hajar o‘rniga faoliyat yuritish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligi vakili, doktor Muhammad al-Jassir nomzodini ko‘rib chiqish maqsadida videokonferensiya o‘tkazdi.

Ushbu yig‘ilish chog‘ida Qo‘mita doktor al-Jassirni keyingi 5 yilga ITBning yangi Prezidenti lavozimiga saylash to‘g‘risidagi qaror loyihasini qabul qilishni tavsiya etdi. Shuningdek, Qo‘mita doktor Hajjarga minnatdorlik maktubini yuborish to‘g‘risida yana bir qaror loyihasini qabul qilishni tavsiya qildi. Ikkala qaror loyihasi ham Direktorlar kengashi a’zolariga sirtdan qabul qilish uchun taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing