Islom Maxachev chempionlik kamarini Yan Machado Garriga qarshi himoya qiladi
Sport
−
15 avgust 913 1 daqiqa
Bugun, 15 avgust kuni UFC yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Islom Maxachev ilk chempionlik himoyasini irlandiyalik Yan Machado Garriga qarshi o‘tkazadi.
Jang bugun, 15 avgustdan 16 avgustga o‘tar kechasi Filadelfiyada bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turniri doirasida tashkil etiladi.
Bu Maxachevning yarim o‘rta vazn toifasidagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Rossiyalik sportchi 2025 yil noyabr oyida ushbu vaznga ko‘tarilib, debyut jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan va chempionlik kamariga ega chiqqan edi.
Maxachevning UFC’dagi g‘alabali seriyasi ayni vaqtda 16 ta jangdan iborat. Agar u Garrini mag‘lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilsa, UFC’dagi ketma-ket g‘alabalar bo‘yicha yangi rekord o‘rnatadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha braziliyalik afsona Anderson Silvani ortda qoldiradi.
Xabarlarga ko‘ra, Maxachevning burchagida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov va murabbiy Xaver Mendes bo‘ladi.