O‘zbekistonda totalizatorga ruxsat berildi

Sport

image

Avvalroq, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni loyihasi haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur farmonni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida xabar berildi.

Prezident farmonida futbolni rivojlantirishga oid qator masalarlarning yechimi va O‘zbekistonda futbolni 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasini 2019–2020 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini tasdiqlash haqida ham ma’lum qilingan. 

Hujjatga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yildan boshlab, tegishli ta’lim muassasalarida futbol klublari, sport ta’lim muassasalari uchun sport shifokori, sport psixologi, sport farmakologi, sport huquqshunosi va sport diyetologi yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash tashkil qilinadi.

Sport xalqaro talablardan kelib chiqib, futbolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida futbol bo‘yicha vositachilar (agentlar)ningfaoliyatini tartibga solish va ularni akkreditatsiyadan o‘tkazish vakolati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yuklandi. Futbol sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida ilg‘or ilmiy-metodik va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev futbol totalizator

Baholaganlar

240

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing