Islom bilim yurtlariga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi Islom bilim yurtlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari joriy yilning 23 avgust kuni o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, test sinovlari faqatgina 1 smenada o‘tkaziladi va soat 08:00 da boshlanadi.

DTM talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 07:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘ragan.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan ta’lim muassasasi tomonidan tarqatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

243

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing