Islom Habib tufayli chempionlik jangiga yetib keldi – Charlz Oliveyra 

Sport

image

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra Islom Maxachev chempionlik jangiga Habib Nurmuhamedov tufayli yetib kelgan, deb hisoblaydi. Bu haqda braziliyalik jangchining so‘zlariga tayanib, “MMA News” nashri xabar berdi.

“Maxachevning o‘ziga xos jihatlari bor. Uning g‘alabali seriyasi yaxshi. Adashmasam, Islom ketma-ket 11 ta jangda zafar quchgan. Boshqa tomondan olib qarsak, uning faoliyatida Habib Nurmuhamedov juda katta vaznga ega. Agar siz Habibning yordamiga murojaat qilsangiz, sizga yoqadimi yoki yo‘qmi, bu og‘irlik qiladi. Xohlaysizmi yoki yo‘q, Xabibning qo‘llab-quvvatlashi Maxachevga chempionlik uchun kurash olib borishiga yordam berdi. Rostini aytsam, Islom chempionlik bahsigacha yana jang qilishi kerak edi”, degan Oliveyra.

Ma’lumot uchun, braziliyalik Charlz Oliveyra va rossiyalik Islom Maxachev o‘rtasidagi vakant chempionlik uchun bahs joriy yilning 22 oktyabr kuni Abu-Dabidagi UFC 280 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Bu jang g‘olibi yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Charl'z Oliveyra Islom Maxachev

Baholaganlar

458

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing