Isiba Trampga oltin dubulg‘a sovg‘a qildi
Olam
−
10 fevral 4271 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning ikkinchi muddati boshlangandan keyin uning Oq uydagi ikkinchi xorijiy mehmoni bo‘lgan Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba unga samuraylarning oltindan yasalgan dubulg‘asi — kabutoni sovg‘a qildi. Bu haqda “Kyodo News” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur dubulg‘a Yaponiya g‘arbidagi Tottori prefekturasida faoliyat yurituvchi Ningyouno Hanafusa Co. kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Ikki yetakchining uchrashuvi 7 fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgandi.

Agentlik manbasiga ko‘ra, Bosh vazir Isibada sovg‘a g‘oyasi amerikaliklar tomonidan suratga olingan “Syogun” seriali erishgan mashhurlik sabab paydo bo‘lgan. Shuningdek, AQSH Prezidentiga oltin rangi yoqishi ham ma’lum. 2016 yilda Vashingtonga tashrif buyurgan Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abe Trampga oltindan ishlangan golf klyushkasini sovg‘a qilgandi.
Bu galgi sovg‘a – dubulg‘ani tayyorlagan kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, samuraylar bosh kiyimining eni 57 santimetr, balandligi 81 santimetr va chuqurligi 48 santimetrni tashkil etadi. Uning narxi — 168 ming iyena (1100 dollar). Firmaga samuraylar bosh kiyimini tayyorlash buyurtmasini o‘tgan yilning noyabrida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bergan. Ammo ular kabuto chet ellik VIP-shaxsga sovg‘a qilinishini bilgan xolos.
Ma’lumot uchun, ikki davlat yetakchilari joriy yilning 7 fevral kuni uchrashgandi. Yaponiya Bosh vaziri Donald Tramp bilan uchrashish uchun AQSHga kelgan ikkinchi chet el davlati rahbari bo‘ldi. Birinchi bo‘lib Vashingtonda Isroil hukumati rahbari Binyamin Netanyaxu tashrif buyurgandi.
Live
Barchasi