“Ishtahalar karnay”. Polsha Ikkinchi Jahon urushi uchun Germaniyaga qanday talablar qo‘ygani ochiqlandi
Olam
−
28 Oktabr 2022
9501Bugun, 28 oktyabr kuni Polsha Tashqi ishlar vazirligi Germaniyaga Ikkinchi jahon urushi oqibatida yetkazilgan zarar uchun qo‘yilayotgan talablarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxat vazirlikning rasmiy saytida e’lon qilingan.
Mazkur ro‘yxatda quyidagilar keltirilgan:
• 6,2 trillion zlotiy (taxminan 1,3 trillion dollar) miqdoridagi moddiy va nomoddiy yo‘qotishlarni qoplash;
• Germaniya tajovuzi va bosqinchiligi qurbonlari va ularning oila a’zolariga yetkazilgan zararni qoplash;
• Polshadan o‘g‘irlangan va Germaniyada bo‘lgan madaniy boyliklarni qaytarish choralarini ko‘rish;
• 1939-1945 yillarda Germaniya davlati tomonidan talon-taroj qilingan Polsha davlat banklarining aktivlari va majburiyatlarini qaytarish, Reyxning jinoiy harbiy amaliyotlarini moliyalashtirgan kredit idoralari faoliyati natijasida yuzaga kelgan qarzlarni to‘lash;
• Urushdan oldingi polshalik ozchilikning o‘ldirilgan faollarini to‘liq reabilitatsiya qilishni ta’minlash va Polsha tashkilotlarining Germaniyadagi yo‘qotishlarini qoplash, shuningdek, Ikkinchi Jahon urushida polshalik qurbonlar xotirasini saqlash uchun Polsha bilan hamkorlik qilish;
• Germaniyadagi polyaklar va polyak millatiga mansub odamlarning milliy ozchilik maqomini tiklash, xususan ona tilini o‘qitish masalasida ularning hozirgi holatini to‘liq hal qilishni ta’minlash;
• Germaniya jamoatchiligiga urushning haqiqiy manzarasi va uning oqibatlarini ayniqsa, Polsha va polshaliklarga yetkazilgan zarar va talafotlarni taqdim etish uchun samarali choralar ko‘rish;
Avvalroq, Polsha Tashqi ishlar vazirligi Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi natijasida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya sifatida 6,2 trillion zloti (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilgandi. Shu bilan birga, polshalik siyosatchilar Rossiyadan ham tovon puli olish umidida ekanini qayta-qayta bildirishgan. Rossiyadan pul talab qilish g‘oyasini yaqinda mamlakat Prezidenti Anjey Duda qo‘llab-quvvatlagan edi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Polshaning talabiga javoban tovon to‘lash masalasi yopilganini aytdi.
LiveBarchasi