Ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payadi

Jamiyat

image

2020 yilda O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga ko‘payadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tayanib O‘zA yozmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Erkin Muhiddinovning qayd etishicha, 2020 yilda ishsizlik nafaqasi ikki barobarga oshadi va 644 ming so‘mga teng bo‘ladi. 

Shuningdek, Erkin Muhiddinov yangi Mehnat kodeksi ishlab chiqilayotganini va u jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilganini ham ma’lum qildi. Jamoatchilikdan Kodeks bandlari bo‘yicha o‘z taklif va talablarini bildirishlarini so‘radi.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda O‘zbekistonda iqtisodiy nofaol aholi 205 ming nafarga kamaygan. Ishsizlik 9 foizdan 8 foizga tushgan. Ya’ni ayni hisobotlarda, mamlakatimizdagi ishsizlar soni 1 million 300 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 32 ming nafari kasbga o‘rgatish kurslariga jalb etilgan. 50 ming nafar aholiga ishsizlik nafaqasi beriladi. Ayni damda 304 ming 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Eng ishsizlik yuqori bo‘lgan hududlar bu Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridir.


Maqola muallifi

Teglar

Ishsizlik nafaqasi

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing