Ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2025 yil 1 noyabrdan ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi o‘zgarmoqda. Bu haqda joriy yilning 4 avgust kuni Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, ushbu sanadan e’tiboran xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar;
  • oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar;
  • kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolari;
  • muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar;
  • ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar.

Bunda majburiy zaxiralash xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi zarur. U xodimlarining soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadi.

Shuningdek, 2025 yil 1 noyabrdan ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Bunda ishsizlik nafaqasi so‘nggi 5 yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng ular 6 oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi. 1-oyda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda, 2- va 3-oylarda esa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi.

Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng, qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mehnatga layoqatli aholi o‘rtasida ishsizlik darajasi O‘zbekistonda 2024 yilning boshiga nisbatan 1 foiz punktga yoki 6,8 foizdan 5,8 foizga kamaygani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni Ishsizlik nafaqasi xo'jalik yurituvchi sub'ektlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing