Ishonch telefonlariga javob bermaganlik uchun javobgarlikka tortish taklif etilmoqda

Jamiyat

image

Barcha ishonch telefon raqamlarini o‘zida mujassamlashtirgan internet sayti yaratilishi kerak. Bu haqda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Qonunchilik yo‘nalishida Rizayev Akmal tomonidan joylashtirilgan petitsiyada keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, ishonch telefonlaridan foydalanishni yanada qulaylashtirish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Murojaat qilayotgan ishonch telefonlari nega ishlamayapti, nega ularga hech kim javob bermayapti, nega boshqa manzilga tushayapmiz qabilidagi savollar barchani o‘ylantirmoqda. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimlarida, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlarida ishonch telefonlariga javob beruvchi mutaxassislarni ko‘paytirish zarur. 

Petitsiyaga asosan, barcha ishonch telefon raqamlarini o‘zida mujassamlashtirgan internet sayti yaratilganida, murojaat yo‘llamoqchi bo‘lgan muassasaning ishonchli raqamini topish oson bo‘lardi. Bundan tashqari, ishonch telefonlariga javob bermaganlik uchun javobgarlikka sabab bo‘ladigan holatlarning ro‘yxatini tuzish xalq bilan bo‘ladigan muloqotga yanada mas’uliyat bilan yondashishiga turtki bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, ko‘plab tashkilot va muassasalarda, is’temolchi yoki mijoz bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyatlar ishonch telefonlariga murojaat etishni taqozo etadi. Shu maqsadda, onlayn rejimda murojaatchilar sonining ko‘rinib turishi yoki murojaatlarni qabul qilishning onlayn yo‘lga qo‘yilishi fuqarolar va mutasaddilar o‘rtasidagi muloqotning shaffofligini ta’minlaydi.

“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda davlat organlari ishonch telefonlarining to‘liq ro‘yxatini o‘zida aks ettirgan sayt yo‘lga qo‘yilishini va ishonch telefonlari bilan bog‘liq muammolarni o‘rgangan holda mutasaddilarning javobgarligini nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishni taklif qilamiz”, deydi petitsiya muallifi.


Maqola muallifi

Teglar

Ishonch telefonlari

Baholaganlar

48

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar