ISHID Suriyada qayta tiklanish arafasida – Pentagon

Olam

image

“Islom davlati” (ISHID) terrorchilik guruhi Iroqda mustahkamlanyapti va Suriyada qayta tiklanish jarayonida. AQSH Mudofaa vazirligining Iroq va Suriyada o‘tkazilayotgan harbiy operatsiya bo‘yicha doimiy hisobot tayyorlab boruvchi inspektorining navbatdagi ma’ruzasida shu haqda aytilgan

“Hududiy “xalifalik” yo‘qotilgan bo‘lsa-da ISHID Iroqda isyonchilik harakatlarini olib borish uchun o‘z pozitsiyalarini mustahkamlayapti. Suriyada ham shu chorakda qayta tiklanish jarayonida edi”, deb ta’kidlangan hujjatda.

Chorak hisoboti 2019 yilning 1 aprelidan 30 iyunigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.

Hisobotda qayd etilishicha, ISHID Al-Xoldagi suriyalik qochoqlar lagerida ham faollashyapti. Taxminlarga ko‘ra, ISHID lagerdagi qochoqlar orasidan yangi a’zolarni jalb qilishga urinyapti.

Ma’lumot uchun, 2018 yilning 19 dekabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Suriyadan askarlarini chiqarishni boshlashi to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgandi. Harbiylarni qaytarish 100 kun ichida bo‘lishi aytilgandi. Biroq yakunda Pentagonning yuqori martabali amaldorlari mamlakat Prezidentini qarorini o‘zgartirishga va askarlarni Suriyada qoldirishga ko‘ndirgan.

Suriyada so‘nggi 3-4 yil davomida Rossiya harbiylari bilan hamkorlikda olib borilgan operatsiyalar natijasida ISHID nazoratidagi hududlar hukumatga qaytarildi. Biroq terrorchilik guruhini to‘laligicha yo‘q qilishning imkoni bo‘lmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya IShID Iroq

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing