Ishdan olishlar davom etadi. Yana ikki viloyat hokimi o‘rinbosarlari bo‘shatildi
Jamiyat
−
28 iyul 2023
22103Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan ishlash masalasini o‘z holiga tashlab qo‘ygani uchun Sirdaryo va Navoiy viloyatlari hokimlarining o‘ribosarlarini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, yuqoridagi ikki viloyatning hokim o‘rinbosarlari Sh.Zayniddinov va Ya.Dushanovlardan tashqari Sirdaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari ham ishdan olingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident bir yo‘la 15 ta tumanning IIB boshlig‘i hamda 5 nafar tuman prokurorini ishdan olgandi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Najmiddin To‘raxo‘jayev ham vazifasidan olindi. Kecha esa Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i vazifasidan ozod qilinib, o‘rniga yangi rahbar tayinlangandi.
LiveBarchasi