Ish boshida Melaniya: Oq uy Rojdestvoga tayyormi?

Bu qiziq

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melaniya Tramp Oq uyda uchinchi Rojdestvoni nishonlamoqda. Mamlakatda Oq uyni har yili bayramona ruhda bezatish va unda alohida mavzular tanlab olinishi an’naga aylangan. O‘tgan yili Oy uy alvon archalar bilan to‘lgan edi. Bu gal esa klassik yo‘nalish tanlangan. 

Картинки по запросу рождественское убранство Белого дома 2019

“Bu yilgi "Amerika ruhi" mavzusi xalqimizni ulug‘vor qiladigan urf-odatlar,  urf-odatlar va tarixga bag‘ishlangan sovg‘adir. Birinchi xonim Melaniya Tramp tomonidan ishlab chiqilgan Oq uy bezaklari bizning mamlakatimizni shakllantirgan va Amerika ruhini tirik saqlagan jasur shaxslarni eslatadi”, deyiladi Oq uy bayonotida.

Картинки по запросу рождественское убранство Белого дома 2019

Bu safar Prezidentning rafiqasi haqiqiy ertakni yaratishga muvaffaq bo‘ldi: turar joy binosiga paxmoq archa va avantyollar kalendarlari joylashtirildi. Zinalar ignabargli gulchambar bilan bezatilgan, muzli g‘orning atmosferasini o‘zini namoyon etuvchi shisha va qog‘oz o‘yinchoqlar kompazitsiyani yanada to‘ldirib turibdi.  

Картинки по запросу рождественское убранство Белого дома 2019

Dekoratsiyada AQSH ramzlarini ham topishingiz mumkin: Oltin darvoza ko‘prigi, Oq uy va Ozodlik haykali. 

Bayramona bezakning asosiy rangi oq, ammo qizil bilan kesishgan. "Amerikaning ruhi Oq uyda porlaydi", deb yozgan Melaniya o‘zining Twitter’dagi sahifasida.


Maqola muallifi

Teglar

Oq uy Rojdestvo

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing