Isyonchilar Niger Prezidentini qo‘lga oldi
Olam
−
26 iyul 2023
10819Nigerda harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Mamlakat Prezidenti Muhammad Bazum isyonchilar tomonidan qo‘lga olingan. Mudofaa vaziri esa bedarak yo‘qolgan. Hibsga olinganligi haqidagi taxminlar ham mavjud, deya xabar berdi “Jeune Afrique” nashri.
Niger rahbari gvardiyasining bir guruh askarlari mamlakat poytaxtida Prezident idorasi joylashgan binoni to‘sib qo‘ydi.
Prezident gvardiyasi boshlig‘i va davlat to‘ntarishiga boshchilik qilgan general Umar Chiani hozircha bunga izoh bermayapti.
Bazum 2021 yilda davlat rahbari etib saylangan va Fransiyaning yaqin ittifoqchisi sanaladi.
Bundan tashqari, AFP manbasining xabar berishicha, mamlakat Prezidentini isyonchilar ushlab turibdi va ular Muhammad Bazumni ozod qilishdan bosh tortgan. Armiya esa isyonchilarga ultimatum qo‘ydi.
O‘ktamjonov Oybek
LiveBarchasi