Iroq qarshilik harakati Suriyadagi AQSH bazalariga hujum qildi

Olam

image

Iroq qarshilik harakati Suriyadagi Amerika bazalariga uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum uyushtirdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya janubi-sharqidagi al-Tanf va Suriya shimoli-g‘arbidagi al-Shadadi shahri yaqinidagi AQSH harbiy bazalariga Iroq qarshilik harakatining uchuvchisiz samolyotlari hujum qilgan.

Joriy yilning 3 yanvar kuni kechqurun “Al-Mayadeen” telekanali AQSHning Suriya janubi-sharqidagi Tanfdagi harbiy bazasiga hujum qilingani haqida ham xabar bergan edi.

G‘azo sektorida urush boshlanganidan beri Iroq qarshilik harakati AQSHning Iroq va Suriyadagi harbiy bazalariga qilingan hujumlar uchun javobgarlikni bir necha bor o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Bag‘dod sharqida joylashgan “Al-Hashd ash-Shabiiy” bo‘linmalaridan birining shtab-kvartirasiga uchuvchisiz samolyot bilan hujum qilgandi. Ushbu hujumda AQSH kuchlari “Hizbulloh al-Nujaba” qo‘mondonlaridan biri Abu Taqva nomi bilan tanilgan Mushtaq Javod Qosim al-Javariyni o‘ldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Iroq AQSh bazalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing