Iroqning Bobil viloyatiga havo hujumi uyushtirildi
Olam
−
20 aprel
6425Iroqning Bobil viloyatidagi “Hashd ash-Shabi” (Xalq safarbarlik kuchlari) shtab-kvartirasiga havo hujumi uyushtirildi. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bag‘dod janubidagi Kalsu harbiy bazasida kuchli portlash sodir bo‘lgan. Ob’ektdan Iroqning “Hashd ash-Shabi” militsiya tashkiloti foydalanayotgan edi.
“Reuters” manbalarining aytishicha, portlash havo hujumi oqibatida sodir bo‘lgan. Harbiy bazaga kim hujum qilgani noma’lum. Nishon “Hashd ash-Shabi” tashkilotining qarorgohi bo‘lgan.
Nashr suhbatdoshining ta’kidlashicha, hech kim halok bo‘lmagan, ammo moddiy zarar ko‘rilgan. AFP telekanali esa bir kishi halok bo‘lgani, sakkiz kishi yaralanganini xabar qildi.
“Hashd ash-Shabi”ning bo‘linmalari Iroqdagi Amerika qo‘shinlariga hujumda ishtirok etgan. AQSH hujumga aloqadorligini rad etdi. AQSH Markaziy qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog‘ida AQSH qo‘shinlarining Iroqdagi havo hujumida ishtirok etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, "Hashd ash-Shabi” tashkiloti Eronga yaqin qurolli guruhlar uyushmasi sifatida paydo bo‘lgan. Iroq rasmiylari keyinchalik ularni rasmiy xavfsizlik kuchlari sifatida tan oldi. Tashkilot bo‘linmalari G‘azo sektoridagi urushda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir necha oy davomida Iroqdagi AQSH qo‘shinlarini raketalar va uchuvchisiz samolyotlar bilan nishonga olgan. Bosqinlar fevral oyida to‘xtagan. Qo‘shma Shtatlar yanvar va fevral oylarida Iroqdagi nishonlarga zarba bergan. Bunga javoban Bag‘dod chet el harbiy kuchlarini mamlakatdan olib chiqishga qaror qilgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi