Iroq Eron ustidan BMTga arz qildi
Olam
−
17 yanvar 2024
5304Iroq hukumati Erbil shahriga Eronning ballistik raketalar orqali uyushtirgan hujumi yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashiga shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
“Iroq Eronning Erbil shahriga begunoh tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan, bir necha kishi jarohat olgan, davlat va xususiy mulkka zarar yetkazgan raketa hujumi yuzasidan BMT Xavfsizlik Kengashi va BMTga shikoyat bilan murojaat qildi”, deyiladi TIV xabarida.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan Erbildagi aholi punktlariga otilgan ballistik raketa hujumlari oqibatida to‘rt nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan va yana olti kishi jarohatlangan.
Eron tomoni hujum nishonlari Suriyadagi terror tashkiloti ISHID ob’ektlari va Erbildagi Isroil tashqi razvedka xizmati Mossad qarorgohi bo‘lganini aytmoqda.
"Afsuski, mamlakatga hujumlar doimo asossiz ravishda amalga oshirilgan. Bu hujumlar Iroq suverenitetini ataylab buzishdir", deydi iroqlik rasmiylar.
Eslatib o‘tamiz, Eron hujumi davomida Erbil shahridan 40 km shimoli-sharqda joylashgan AQSH konsulligi yaqinida bir necha portlash sodir bo‘lgandi. Shundan so‘ng, Iroq TIV mamlakatning Erondagi elchisi Nosir Abdul Mohsenni maslahatlashuvlar uchun chaqirib olgandi.
LiveBarchasi