Iroqdagi qurolli guruhlar AQSH harbiylariga qarshi ochiq urush e’lon qildi

Olam

image_2021-07-12_22-08-30

“Iroq qarshiligi” deb nomlangan qurolli guruhlar AQSH Qurolli kuchlari bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga borishni rad etmoqda. Bundan tashqari, ular Iroqda Amerika qo‘shinlarining bo‘lishiga qarshi qaratilgan aniq operatsiyalar o‘tkazish bilan birga AQSHga qarshi “ochiq urush” e’lon qildi.Bu haqda bugun, 12 iyul kuni Iroqdagi hukumatparast shia tuzilmalarining bir qismi bo‘lgan “Asaib Ahl al-Haqq”ning tarqatgan xabarida so‘z boradi.

“Qarshilik bo‘linmalari sulh tugaganini e’lon qilmoqda va amerikaliklarning Iroqdagi manfaatlariga qarshi maxsus operatsiyalarni o‘tkazishni boshlamoqda. Istilochilar bilan o‘rtada sulh bo‘lishi mumkin emas, ular Iroqdan ketgunga qadar amerikaliklar bilan ochiq urush olib boramiz”, deya xabar beradi mahalliy “SHAFAQ News” portali.

Hisobotda, shuningdek, “mamlakatda ba’zi siyosiy bloklar o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini milliy manfaatlardan ustun qo‘yib, Amerikaning ta’sir doirasiga tushib qolgani” ta’kidlangan. Shuning uchun “Asaib Ahl al-Haqq” kabi harbiylashtirilgan guruhlar parlamentning “Xorijiy qo‘shinlarni Iroq hududidan chiqarish bo‘yicha” qarorini bajarish yo‘llarini izlaydi.

Avvalroq, bir qator harbiylashtirilgan shialar tuzilmalari, jumladan, eronparast “Kataib Hizbulloh” guruhi, parlament tomonidan qabul qilingan qarorga binoan AQSH qo‘shinlari Iroqdan chiqib ketmasa, ularga zarba berish bilan bir necha bor tahdid qilgan. Parlament qarori Islom inqilobi posbonlari korpusining “Al-Quds” maxsus kuchlari qo‘mondoni (Eron Qurolli kuchlarining generali) Qosim Sulaymoniy vafotidan keyin respublika qonun chiqaruvchilari tomonidan ma’qullangan.

Ma’lumot o‘rnida, qattiq qo‘riqlanadigan Amerika elchixonasi va boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari joylashgan “yashil hudud” o‘tgan oylar davomida bir necha bor raketa hujumlariga uchradi. Shu kabi hujumlar xorijiy kontingentlar joylashgan Iroq harbiy inshootlariga qarshi amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 5 yanvarda Arab Respublikasi parlamenti barcha xorijiy kuchlar Iroqni tark etishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qildi. Joriy yilning mart oyi o‘rtalarida mamlakat Prezidenti Barham Solihning aniqlik kiritishicha, mamlakatda Amerika qo‘shinlarining soni 2 500 kishidan oshmaydi. Aprel oyida Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy milliy armiya va xavfsizlik kuchlarining jangovar tayyorgarligi hamda terrorchilarga qarshi kurashdagi yutuqlari 60 foiz xorijiy harbiy kontingentning mamlakatni tark etishiga imkon berishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq Qosim Sulaymoniy “Al-Quds”

Baholaganlar

178

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing