Iroqda jangarilarning hujumi oqibatida 11 nafar askar halok bo‘ldi

Olam

image

Jangarilar Bog‘dodning g‘arbiy qismida joylashgan Iroq armiyasining kuzatuv punktiga hujum qildi. Oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi va sakkiz kishi yaralandi. Bu haqda Iroqning “As Sumaria” telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hujum 8 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Hujum paytida jangarilar granata va avtomat qurollardan foydalanishgan. Otishma oqibatida besh nafar harbiy va olti nafar fuqaro halok bo‘ldi.

Shifokorlar sakkiz nafar yarador haqida xabar berishgan. Jabrlanganlar Bag‘doddagi shifoxonaga yetkazilgan.

Ma’lumot o‘rnida, ISHID jangarilari 2014 yilning yozida Iroq hududining uchdan bir qismini egallab oldi. O‘sha yilning iyun oyida ular mamlakatning ikkinchi yirik shahri Mosulni bosib olishdi va uni poytaxt deb e’lon qilishdi. 2015 yilda xalqaro koalitsiya ko‘magida Iroq hukumat kuchlari ekstremistlar tomonidan qo‘lga kiritilgan hududlarni ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli kampaniya boshladi. 2017 yil dekabrida Iroqda ISHID mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, mamlakatda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sezilarli darajada yaxshilandi.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari mamlakatning turli mintaqalarida terrorchilarning ayrim guruhlarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarni davom ettirmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Iroq harbiy

Baholaganlar

47

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing