Iroqda terrorchilarning xazinasi topildi

Olam

image

Iroq politsiyasi 2014 yildan 2017 yilga qadar ISHID terrorchilik tashkilotiga nazoratida bo‘lgan Mosul shaxridagi yerto‘ladan bir yarim million dollar va qimmatbaho metallar topishdi. Bu xaqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, terrorchilar oltin, kumush va pullarni o‘sha yerlik aholidan tortib olishgan va ularni shaharning eski qismida saqlashgan.

Yerto‘ladan jami 1 million 590 ming AQSH dollari, 17,5 million iroq dinori (taxminan 12 ming dollar), 15 kilogramm kumush va 17,5 kilogramm  quyma kumush, shuningdek “Islom davlati”ning ichki muomalasi uchun tayyorlangan 500 gramm tilla tangalar topilgan.

Avvalroq, Afg‘oniston maxsus xizmatlari Kobulda ISHID terroristik guruhining rahbarlaridan biri G‘ulom Nosirni qo‘lga olgani haqida xabar bergan edik.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

701

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing