Ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi – Prezident qarori

Jamiyat

image

"Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, aholiga ko‘chmas mulk sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytirildi.

Ushbu jarayon 2020 yil 1 maydan 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrda amal qiladi.

Bundan tashqari, Moliya vazirligiga bir hafta muddatda yangi tartib doirasida tijorat banklarida joylashtirgan kredit resurslari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirish, tijorat banklariga bir oy muddatda yangi tartib doirasida jismoniy shaxslarga berilgan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilgacha uzaytirish hamda tuzilgan shartnomalarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining maksimal hajmi oshirildi.

  • Qishloq joylarda - ikki xonali kvartiralar uchun 174 million so‘mdan 240 million so‘mgacha,  uch va undan ortiq xonali xonadonlar uchun 224 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;
  • shaharlarda - ikki xonali kvartiralar uchun 180 million so‘mdan 240 million so‘mgacha, uch yoki undan ko‘p xonali xonadonlar uchun 232 million so‘mdan 320 million so‘mgacha;
  • Toshkent shahrida - ikki xonali kvartiralar uchun 198 million so‘mdan 264 million so‘mgacha, uch yoki undan ko‘p xonali xonadonlar uchun 255 million so‘mdan 352 million so‘mgacha.

Yangi tartib doirasida aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari (shu jumladan, bugungi kunga qadar ajratilgan ipoteka kreditlari) muddati 15 yildan 20 yilgacha uzaytiriladi.

 

2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan xususiy pudrat tashkilotlariga yangi tartib doirasida shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7 va undan yuqori qavatli ko‘p kvartirali uy-joylar qurish uchun ajratilgan tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlari bo‘yicha:

  • kredit summasining 50 foizigacha, biroq 8 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
  • foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan va summasi 20 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.

Bunda, kafillik va kompensatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi tomonidan kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda 2 xonali, 3 va undan ko‘p xonali kvartiralar maydonining belgilangan me’yorlarini inobatga olgan holda ko‘p kvartirali uy-joylar qurilganda beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

ipoteka

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing