iPhone ishlab chiqaruvchi milliarder Tayvan Prezidenti bo‘lmoqchi
Olam
−
29 avgust 2023
6764iPhone ishlab chiqaruvchi Foxconn kompaniyasi asoschisi, milliarder Terri Gou Tayvan prezidentligi uchun kurashda eng so‘nggi ishtirokchiga aylandi. Bu haqda Tayvanning “ETToday” axborot portali xabar berdi.
Terri Gou 28 avgust kuni Tayvanda bo‘lib o‘tadigan saylovda mustaqil nomzod sifatida ishtirok etishini ma’lum qildi. Ushbu saylov 2024 yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadi va unga muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun milliarderga 290 mingta yoqlovchi imzo kerak bo‘ladi.
Agar Gou saylovda g‘olib bo‘lsa, dunyodagi demokratik yo‘l bilan saylangan eng boy rahbarga aylanishi mumkin. Hozirda bu unvon Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakga tegishli bo‘lib, uning boyligi 909 million dollarga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 72 yoshli tadbirkorning boyligi qariyb 7,2 milliard dollarni tashkil etadi. U Tayvanlik milliarderlar orasida oltinchi, Forbes talqini bo‘yicha dunyoning eng badavlat odamlari reytingida 317-o‘rinni egallagan. Shuningdek, Terri Gou 2005 yildan 2021 yilgacha ushbu jurnal tomonidan kamida olti marta Tayvanning eng boy odamlari reytingida 1-o‘rinni band etgan.
Bloomberg Billionaires Index reytingida esa, Terri Gouning boyligi 6,97 milliard dollarga baholangan va u orolning to‘rtinchi eng badavlat tadbirkori sifatida talqin etilgan. Agentlikka ko‘ra, u jahon reytingida 333-o‘rinda turadi.
Eslatib o‘tamiz, Kreml 2024 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Putinga “raqib” bo‘ladigan nomzodlarning dastlabki ro‘yxatini tuzdi.
LiveBarchasi