Ipakchilik qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
01 noyabr 2023
6474Iqboljon Odiljonovich Ergashev Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Iqboljon Ergashev Prezident qarori bilan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagan. U 1981 yil 26 mayda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. Iqboljon Ergashev Farg‘ona davlat universiteti hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.
U 2021 yilning may oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Qurbonovich Sharipov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan edi. Uning qaysi lavozimni egallashi hozircha ma’lum emas.
LiveBarchasi