Ipakchilik qo‘mitasi raisi ishdan olindi

Jamiyat

image

Bahrom Sharipov Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Bahrom Qurbonovich Sharipov boshqa ishga o‘tayotgani munosabati bilan amaldagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisligidan ozod qilingan. Uning qaysi lavozimni egallashi hozircha ma’lum emas.

Bahrom Sharipov 1974 yilda Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1996 yili Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti (kunduzgi), 2004 yil Termiz davlat universiteti (sirtqi)ni tamomlagan.

U bugunga qadar Termiz shahar va Surxondaryo viloyati “Kamolot” jamg‘armasida turli lavozimlarda, shuningdek viloyati hokimi yordamchisi, Surxondaryo sanoat, qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish kombinati kotibiyat mudiri, Surxondaryo viloyati “Avtotexizmat” AJ raisi hamda bir qator xususiy kompaniyalar bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Qolaversa, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan. 

Sharipov 2020 yil sentyabr oyida Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimini egallagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilishi haqida xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan ishdan olingan Sardor O‘ktamovich Umurzoqov Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan  Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ipakchilik Bahrom Sharipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar