Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilishi munosabati bilan Sardor Umurzoqov lavozimidan ketdi. 

Sardor Umurzoqov ushbu lavozimga 2022 yilning 16 iyul kuni Prezident farmoni bilan tayinlangandi.

Umurzoqov Administratsiya rahbari bo‘lgunga qadar Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U kasalligi tufayli ishdan ketgan Zaynilobiddin Nizomiddinov o‘rnini egallagandi.

Ma’lumot uchun, Sardor Umurzoqov 1977 yil 23 noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan.

2007 yilda Umurzoqov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.

2019 yil 28 yanvarda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing