Iordaniya OAVda qirollik janjalini yoritish taqiqlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Iordaniya davlat prokurori kecha, 6 aprel kuni barcha ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda qirol Abdulla va uning ukasi shahzoda Hamza o‘rtasidagi ziddiyatlarni nashr etilishini taqiqladi. Bu haqida “Petra ”davlat agentligi xabar bermoqda.

Avvalroq Iordaniyada podshohni ag‘darishda gumonlangan 20 kishi hibsga olingan edi. Ular orasida hukmron sulola a’zosi Sharif Hasan bin Zoid, podshohning sobiq maslahatchisi, Moliya vaziri Bassem Avadallu ham bo‘lgan.

Shahzoda Hamza uni uy qamog‘iga olingani hamda telefon va interdan mahrum qilinganini aytgan.

Shuningdek, u hech qanday “chet el fitnasi”ga aloqador emasligini aytib, rasmiylarning ishini tanqid qilgandi. 

Malumot o‘rnida, 40 yoshli Hamza bin Husayn marhum podshoh Husayn ibn Talalning o‘g‘li va amaldagi monarx Abdulloh II ning o‘gay ukasi hisoblanadi. U 2004 yilda valiahd shahzoda unvonidan mahrum qilingan. Hozir 26 yoshli Husayn ibn Abdulloh valiahd shahzoda hisoblanadi.

 

Yulduz Abdurashidova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing