Investitsiyalar vazirligi mas’ullari davlat tuzilmalarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga muvofiq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining bir qator tarkibiy bo‘linmalari mas’ullari turli tashkilotlarda yangi lavozimlarga tayinlandi.

Ijtimoiy soha va farmatsevtika sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Abduvaliyevich Egamov Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Yengil va elektr sanoati boshqarmasi boshlig‘i Mirmuhsin Mirsodiqovich Sultonov “O‘ztekstilsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Geologiya, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, mashinasozlik va qurilish materiallari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bunyod Baxtiyorovich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasining savdo-iqtisodiy va turizm masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlik qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Shokirovich Jumayev O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Kecha, 1 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov vazirlik jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida yuqoridagi rahbarlarning yangi lavozimlarga tayinlanganlari bilan samimiy tabriklagan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

153

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing