Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 yanvardagi qarori bilan Olimxon Bakiyevich Rustamov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Olimjon Rustamov O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Undan oldin O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, “O‘zbekneftgaz” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK hamda boshqa idora va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Olimjon Rustamov yangi lavozimida investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya loyihalari amalga oshirilishning samarali monitoringini olib borish, rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda Respublika viloyatlari va erkin iqtisodiy zonalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas’ul bo‘ladi.

Shuningdek, Olimjon Rustamov vazifalariga ijtimoiy soha, turizm va qurilish materiallari tarmog‘ining sohaviy rivojlanishini muvofiqlashtirish masalalari kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing